Rossiya o‘zining Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotishdan xavotirda, deb yozdi FT. G‘arb MO davlatlarini sanksiyalarga rioya etishga majburladi va ularga jahon bozoriga kirishni taklif etdi. Mintaqa Rossiya biznesini siqib chiqarish orqali sanksiyalardan foyda ko‘rdi, Rossiyasiz ittifoqlarga birlashishga intilmoqda.
Prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyoda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini ta’kidladi. “Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — dedi u.
BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Markaziy Osiyo shaharlarining tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish bo‘yicha mintaqaviy tashabbusni ishga tushirdi. 5 million dollarlik loyiha uch yilga mo‘ljallangan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qiladi”, dedi. U mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini samarali deb atadi.
O‘zbekiston yaqin besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish hisobiga 15 mlrd kub metr suvni tejash bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladi, dedi prezident. U OIIB bilan hamkorlikda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hududiy markaz tashkil etishni taklif qildi.
Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumida xorijlik me’mor, urbanist va dizaynerlar yig‘iladi. Ular shaharlarni kengaytirish va u bilan bog‘liq ekologik muammolarni muhokama qiladi. Ushbu masalalardagi takliflar davlat organlariga taqdim etiladi. Forumda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, u, xususan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, deyiladi prezident maxsus vakili Abdulaziz Komilovning maqolasida. O‘zbekiston taraqqiyotining barcha hayotiy masalalari chegaradoshlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan munosabatlarga bog‘liq, dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Bu davlat rahbariga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.
Sirdaryo tumanida O‘zbekiston va Qozog‘iston ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zona formatida “Markaziy Osiyo” xalqaro markazi tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga yetib bordi. Uni aeroportda prezident Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi. Rahbarlar 8-avgust kuni Oliy davlatlararo kengash majlisini o‘tkazadi.
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi Sturgeon Capital nomli yangi fondga 5 million dollar ajratadi. Investitsiyalar Markaziy Osiyodagi texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Savdo Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sishga sezilarli hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, karbonat angidrid chiqindilarini ham oshirdi, deydi OTB. MO davlatlari dekarbonizatsiya va uglerod narxini belgilash bo‘yicha mintaqaviy siyosatni muvofiqlashtirishi kerak, — deb ta’kidladi bank ekspertlari.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ular ikki davlat temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Qo‘shma korxona Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy gaz savdosini faollashtirish va Turkmanistondan gaz importini oshirish orqali Qozog‘istonda ko‘mir o‘rnini bosish, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan talab va taklif o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish mumkin, deyiladi Jahon bankining uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha hisobotida.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi Investorlar forumida “o‘tmishdagi qaramlikni yengib o‘tish hamda energiya va ta’minot zanjirlarida muqobil variantlarni topish uchun” mintaqalar o‘rtasidagi amaliy aloqalarga ko‘proq sarmoya kiritish kerakligini aytdi.
Markaziy Osiyoda 2022-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000-yildagi 28,9 foizdan 2022-yilda 6,9 foizgacha kamaygan. MHTI BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotini tahlil qildi.
Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.
“Yuksalish” umummilliy harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi. Nomzodlar egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi, iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi va ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligiga qarab baholangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting